MUBORAK JUMA, 19.04.2024, 18:56
UzStars - Универсальный Портал
Приветствую Вас Гость | RSS

Реклама
Найти лучший обменник
news
Месси, Криштиану Роналду ва Иньеста - "Олтин тўп" учун уч асосий номзод...! 
''МТС Ўзбекистон" ўзини банкрот деб атади 
Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig 
Ютмоқчи бўлиб, тиқилиб қолди (фотосуратлар) 
Muhabbat oliy tuygu qadriga yeting uni 
Унга ҳамма қараши, хоҳлаган одам гап ташлаши мумкин. 
Ўқувчи қиз беникоҳ фарзандининг қотили бўлди 
Ўзбекистонда тўртта янги лавозим жорий қилинди 
Разделы
Новости
Узбекская музыка
Зарубежная музыка
Шоу-бизнес
Новости спорта
Тексты песен
Интересные факты
Биография звезд
Рейтинг
База книг
Проект кто вор
Для компьютера
Истории
Полезные советы
Это интересно
Онлайн клипы (tas-ix)
Прикольные фотографии
Учебно познавательное
Онлайн фильмы
Онлайн сериалы
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Апрель » 25 » Muhabbat oliy tuygu qadriga yeting uni
23:19
Muhabbat oliy tuygu qadriga yeting uni

Kimdir oshkor tan oladi,
 Tahsin o`qir shukrona.
 Kimdir seni sir tutadi
 O`tda yonar pinhona.
 Kimlarga sen kulib boqding
 Tepkilaydi mastona.
 Kimlar uchun osmondasan
 Sig`inadi devona.
 Anglolmadik to abad,
 Anglolmaymiz to abad.
 Xom sut emgan bandamiz,
 O`zing kechir, MUHABBAT!!!

 Darhaqiqat, kimlarnidir tahsin o`qishga, kimnidir pinhona o`tda yonishga, yana ba`zilarni sig`inishga majbur qilgan sehrli kuch-MUHABBATdan kechirim so`rashdan avval keling uni anglashga, uning quvonchu armonlarga to`la ko`chalariga nazar solib ko`rishga harakat qilamiz.
 Menimcha, MUHABBAT-bu hayotni yangicha, o`zgacha talqin etishga yordam beribgina qolmay, balki majbur qiladigan ilohiy tuyg`udir. Hayotning bu ko`rinishdagi talqini esa orzu-umidlarni, baxtni, quvonchu shodlikni, visolning shirin onlarinigina emas, shu bilan birga ayriliqning achchiq damlariyu hijronning o`tli azoblarini totib ko`rishga muyassar etadi.
 MUHABBAT shunday ilohiy baxtki, u faqatgina Allohning suygan bandalariga inom etiladi. Sevgi goh shirin, goh achchiq, Goh orzu umidlardan, baxtdan, yuraging yorilguday quvonchdan yayratadi. Goh sog`inch azoblarining alamidan, rashkdan boshingni qayga urishni bilolmay garang bo`lasan. Sevgi shunday tuyg`uki hatto azoblari ham lazzatli shirin tuyuladi haqiqiy oshiq uchun!!! Ko`pincha qo`lga qalam tutishga majbur qiladigan narsa MUHABBAT emas, balki MUHABBAT armoni bo`lsa kerak deb uylayman. Chunki oshiqlar birga ekan, ularning barcha quvonchu hasratlari ham o`rtada baham ko`riladi. Ammo MUHABBAT armonga aylanib, ishq bog`ida bulbulnng dardin tinglaguvchi atirgulidan, xa, yagona atirgulidan ayirsalar bormi, u endi hatto chaman-chaman gullar ochilgan gulzorda ham yolg`iz qolar, endi uning yagona guli o`rnini hech bir boshqasi egallay olmaydi. Inson ham xuddi
 shunday. Sen uni unutmoqchi bo`lasanu, lekin u haqdagi xayollaru shirin-shirin xotiralar bunga yo`l qo`ymaydi. Qadrini yo`qotmaslik maqsadida dengiz ostidagi marvariddek yuraging tubida mahkam asraganing-beizhor yoki allaqachon izhor etilgan MUHABBATing endi hijronu armonning mungli dardlarini ham noilojgina o`z bag`riga joylaydi. endi xayollar qayda ekani ham senga qorong`u. Senga faqat ishq qalblari o`zra shirin xotiralaru, tim qaro ko`zlarga termulishga ulgurolmagan o`tkir
 nigohlar qoldi xolos. endi sen yuragingga sig`may toshib ketayotgan dardlaringni kimga aytishga ham xayron bo`lasanu, birgina qog`ozu qalam senga hamroxligini tushunib etgan chog`ing o`tli satrlar bitishga kirishasan. Zora darding shu satrlarga ko`chib engil tortsa:

 Endi sizga etmas qo`lim,
 Ketdingiz siz mendan o`zoq.
 Peshona deb qoldim netay,
 Taqdir bizni etdi yiroq.
 Qorong`udir qayda xayol,
 Yo`ldosh bo`ldi menga firoq.
 Utar kunim hijronlarda
 Sizsiz endi yashay qandoq?
 Nechun bizni ayirdilar
 Yo`llarimiz endi so`qmoq.
 Nahot endi armon bo`lsa
 Sizga to`yib-to`yib boqmoq.
 Endi sizga etmas qo`lim,
 Taqdir bizni etdi yiroq.
 Endi o`zga choram yo`qdir
 Ishim-sizga baxt tilamoq.

 endi sen faqatgina BAXT tilaysan unga, uzun bedor tunlar o`zra oyga termulib. Oyga termulasanu, beixtiyor oy senga sevgiling nigohlari ham unga termulib turganligini shivirlayotganday bo`ladi. Shunda u bilan dardlashging, yuragingni unga to`kib solging keladiyu, afsuski endi buning iloji yo`q. endi u o`zga bir insonning yurak dardlarini tinglayotgandir, balkim. Ko`zing osmon o`zra armonlar zarbidan har yoqqa sochilib, sening kabi unsizgina ngrab, xiralashib borayotgan yulduzlardayu, qalbing esa davosi yo`q yurak dardiga darmon axtaradi, armonli qo`shiqlardan. Lekin endi sadolari ostida uni o`ylaydigan qo`shiqlarni eshitsang yuraklaring orqaga tortib ketadi. Avvallari sen uni shirin xayollar og`ushida o`ylasang, endi esa qalbingning qaysidir bir chekkasida alam bilan xotirlaysan. Bazilar baxtli bo`lish uchun birga bo`lish shart emas deb o`ylaydilar. Ammo, menimcha, qachonki sevgiling bilan birga bo`lsanggina baxtli bo`lishing mumkin. Usiz baxting kemtik bo`lib qoladi. Hatto eng baxtli kuningda ham yuragingning bir chetida uchmaygina qalbing o`zra shirin xotiralarning achchiq azobi girdobida nido o`rayotgan o`sha bevafo yodi yuragingni tirnab utadi. Endi senga birgina narsa taskin berishi mumkin, u ham bo`lsa, uning baxtli, sog`-salomat, omon ekanligi. Bora-bora bu taskinlar sening unga bo`lgan tilaklaringga aylanadi :

 Mayli, yod etmagin meni bir bora,
 Sendan menga mayli kelmasin bir sas.
 Mayli, sen unutgin mening ismimni,
 Menga bu dunyoda omon bo`lsang bas.
 Boshing toshdan bo`lsin qayda bo`lsangda,
 Lek yurak toshligi tilagim emas.
 Mayli senga aziz bo`lsin boshqalar,
 Sen mening qalbimda aziz bo`lsang bas.
 Bilmam senga etmoq bo`larmi nasib,
 Balki sen bo`larsan armon yo havas.
 Agarda orzuing ushalsa mensiz,
 Menga armonliging unutmasang bas.

 MUHABBAT -ilohiy tuyg`u ekanligini bilsamda, u haqda qalam tebratishga haqli yoki haqsiz ekanligimni bilmagan holda, MUHABBAT yurtiga mezbon emas mehmongina bo`lgan bir inson qalbidagi so`zlarni tinglash siz azizlar uchun zerikarli yoki aksincha kechganligi sirligi ostida MUHABBAT haqida shaxsiy fikrimning intihosida keltirishni joiz topganim - eng sevimli she`rim ohangida sizlarnng e`tiboringizga va sabringizga tashakkurlik izhor etgan chog`im bu dunyodagi barcha sevgan va sevilgan qalblarga baxt va sadoqat qolaversa armonsiz MUHABBAT tilab qolaman.

 Men sizni sevardim, sevgim, ehtimol,
 Qalbimda butunlay so`nmagan hali.
 Sevgim endi sizga kelmasin malol
 Haddim yo`qdir sizni xafa qilgali.
 Goho chuchib, goho rashk qilib men
 Sevar edim so`zsiz, umidsiz.
 Har kishi sevsa ham, men kabi sevsin,
 Chin yurakdan samimiy, cheksiz.
 Qurib qoldi ko`zda yoshim,
 Yurak to`lsa yig`lolmayman.
 Hijronga etmas bardoshim,
 Shodlikka dil bog`lolmayman.
 Qafasdagi qushcha misol,
 Yoningga hech borolmayman
 Suvdek oqib ketdi visol,
 Tushimda ham ko`rolmayman.
 Olis yulduz bo`lding ko`kda,
 Yakin turib etolmayman.
 Dardimni tangrimdan o`zga,
 Hech kimsaga aytolmayman.
 ey bevafo, bu qilmishing,
 Ne deb atay bilolmayman.
 Hushim yo`qdir baxt tilashga,
 Baxtsizlik ham tilolmayman.
 MUHABBATdan kechib ketding,
 Men-chi bunday etolmayman.
 Bir umrga armon bo`lgan
 MUHABBATdan ketolmayman.
 Ko`ngil yig`layotir yomg`irdek ezib,
 Yurakdan tukilar dardlarim sizib,
 Halovatning sokin uylarin bo`zib,
 Ketgim kelar lekin bilmam qayoqqa!!!
 Xayol bo`lib hayotingdan ketmadim jonim,
 Quyosh bo`lib ko`zlaringga botmadim jonim,
 Hajring bilan zafarondir oy yuzim,
 Bu dunyoda sendan o`zgani topmadim.

Раздел: Истории | Просмотры: 1438 | Добавил: Administrator | Рейтинг: 5.0/1
Jami izohlar soni: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Интересные факты
При чихании все функции организма останавливаются, даже сердце.
Вход
Новые поступления
1VIA Marokand - Tarnov (Chak-chak,oychiq)  2606
2Shoxrux - Ajoyib Musiqa  1258
3Sarvar va Komil - Telbaman 1042
4Shohruhxon - Go'zalina 1128
5Shahlo Ahmedova - Ko'nglim Senda 1072
6Ummon - Qiynama Yuragimni 991
7Bojalar - Ona  907
8Shohruhxon - Majnun 909
9Dilso'z - Onam 927
10Lola - Sog'indim 930
11Jamshid Abduazimov - Manoday (Remix) 893
12Rayhon - Tabib  895
13Shoxruz Abadiya - Telbaman 881
14Munisa Rizayeva - Vaqt (Soundtrack) 839
15Iroda Dilroz - Qoshing Qarosi 709
16Ummon - Meni Aldadi 723
17Dilso'z - Uylanasizmi Yo'qmi 718
18Munisa Rizayeva - Ammo Menmas 609
19Ummon - Soat 7da 586
20Shohruhxon - Ey Sabo 624
21Lola - Ovutay  550
22Umidaxon - Biyo-biyo 547
23Shahzoda ft. Shoxrux - Ket  640
24Ulug'bek Rahmatullayev - Qirmizi Olma 598
25Sitora Farmonova - Chamanda Gul 585
TOP-10
1VIA Marokand - Tarnov (Chak-ch...  2606
2Gulasal Abdullayeva-Qoldim  2471
3Muxlisbek Berdiyev-Chinni gull... 2376
4Farrux Xamraev - Madonna (Kim ... 1594
5Группа Сахро-Алергия на бывшую 1385
6Shoxrux - Ajoyib Musiqa  1258
7Shohruhxon - Go'zalina 1128
8Shahlo Ahmedova - Ko'nglim... 1072
9Sarvar va Komil - Telbaman 1042
10Shaxboz Soliyev ft Omonjon-Mon... 999
Поиск
www.UzStars.Ucoz.Net © 2024
Хостинг от uCoz