Chorshanba, 13.05.2026, 00:11
UzStars - Универсальный Портал
Приветствую Вас Гость | RSS

Реклама
Найти лучший обменник
news
Muhammad Ali-Xato (Mp3) 
Munisa Rizayeva - Man Bop 
Одноклассники ўзбекча версияни ишга туширди 
Bad Boy ft SubXan ft Shahnoza dan birdaniga 3 ta yangi qo'shiq 
”Билайн” nanoSIM карталардан фойдаланишни йўлга қўйди 
2050 йилга келиб йўқолиши мумкин бўлган Ердаги энг гўзал жойлар (фотосуратлар) 
Ko‘proq o‘qish ruhingizni boyitadi 
Ummon - Meni Aldadi (mp3) 
Разделы
Новости
Узбекская музыка
Зарубежная музыка
Шоу-бизнес
Новости спорта
Тексты песен
Интересные факты
Биография звезд
Рейтинг
База книг
Проект кто вор
Для компьютера
Истории
Полезные советы
Это интересно
Онлайн клипы (tas-ix)
Прикольные фотографии
Учебно познавательное
Онлайн фильмы
Онлайн сериалы
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2012 » Декабрь » 27 » TEST QANDAY YECHILADI?
11:57
TEST QANDAY YECHILADI?

Ko‘pchilik do‘stlarimiz yetarli bilimga ega bo‘lsalar-da, test yechishning qulay yo‘llarini bilmaganliklari sababli qiyinchiliklarga duch kelishadi. Test sinovi abituriyentdan bilim bilan bir qatorda mantiqiy fikrlay olishni ham talab qiladigan sinov hisoblanadi.


Aytaylik, siz o’zingiz bilmaydigan bir savolga duch keldingiz yoki qanchalik urinmang, natijaga yetib bora olmayapsiz. Bunday holatlarda nima qilasiz? "Tavakkal belgilayman” deyishga shoshilmang. Chunki ko’pchilik xorij davlatlarida hamda o‘zimizdagi Turin Politexnika universitetida noto‘g‘ri belgilangan bitta savol uchun abituriyentdan ma’lum miqdordagi (0,25; 0,33) ball ayirib tashlanadi. Tushunarli bo‘lishi uchun misol keltiramiz: Siz 36 ta savoldan 30 tasini belgiladingiz, shundan 22 tasi to‘g‘ri, 8 tasi noto‘g‘ri bo‘lsa, 8 ta noto‘g‘ri javob –2 ball sifatida baholanadi. Belgilanmagan 6 ta savol esa sizga zarar ham, foyda ham keltirmaydi. Umumiy to‘g‘ri javoblaringiz soni esa 20 ta qabul qilinadi.

Agar o‘tgan yilgi Turin Politexnika universiteti ballarini ko‘rgan bo‘lsangiz, u yerda noldan kichik ball olgan abituriyentlar ham bor edi. Buning sababi esa yuqorida izohlab o‘tilgan holatdan kelib chiqqan.

Xo‘sh, bunday vaziyatda nima qilamiz?

Siz, har holda, nechadir yilingizni sarflab tayyorgarlik ko‘rdingiz. Demak, sizda shu mavzuga oid qanchadir bilim bor. Siz tavakkalchilikka ilmiy yondashsangiz bo‘ladi. Masalan, mavzuga umuman mos kelmaydigan javoblar bor. Ularni chiqarib tashlang. Shunda to‘g‘ri javobni topish imkoniyatingiz yana ortadi. Endi, qolgan javoblarni, teskari tomondan kelib chiqib isbotlashga harakat qiling. Masalan, tenglama yoki tengsizlikka duch kelsangiz, agar javobi shu bo‘lsa, nima bo‘lar edi, deb tekshirib ko‘ring.

Axir siz test sinovidasiz. Hech kim sizdan buni qanday usulda yechding, deb so‘ramaydi. Eng muhimi: topgan javobingiz to‘g‘rimi yoki yo‘qmi?

Shunda ham natijaga yetib bora olmasangiz, bizning test sinovlarimizda noto‘g‘ri javobga ball ayrilmasligini inobatga olgan holda, tavakkal qiling, balki…

Mazkur fikrlar tayyorgarligi bor abituriyentlarga tegishli, albatta.

Test yechishni qaysi blokdan yoki qaysi savoldan boshlash kerak?

Albatta, 3,1 ball beradigan blokdan-da, deyishga shoshilmang. Chunki bu blokdan siz yaxshi bilimga ega bo‘lmasligingiz mumkin. Ikkinchi blokdan yaxshi ball to‘plash imkoningiz bor ekan, nega bilmagan yo‘lingizga o‘zingizni urasiz?

Shu narsa aniqki, insonga bilmagan narsasi qiyin tuyuladi. Demak, ishni osonidan boshlang. Har bir blokdan o‘zingizga eng oson tuyulganlarini boshdanoq yechib oling. Chunki bir blokdagi hech qaysi test savolining qiymati ikkinchisinikidan ortiq emas.

Har bir blokda siz biladigan savollar bo‘ladi. Shu sababli kitobchangizni oching-da, o‘zingizga eng yoqqan fanning oson savollarini, undan keyin boshqa fanlarning oson savollarini yechib oling. Chunki sizning maqsadingiz – ball to‘plash.

Birinchi blokning bitta qiyin savolini yechishga yo‘qotgan vaqtingizda siz uchinchi blokdagi 10 ta savolni yechib qo‘yishingiz mumkin. Endi, ballarini solishtiring 3,1<11.

Biz bu bilan qiyin savollarni ishlamang, demoqchi emasmiz. Ularni biroz keyinroqqa olib qo‘ying. Oson savollardan anchagina ball to‘plab bo‘lgach, o‘sha qiyinlariga ham navbat keladi. Ulgursangiz, yechasiz, ulgurmasangiz, yuqoridagi gap: ta-vak-kal.

Boshdanoq o’zingizni qiyin savolga ursangiz, birinchidan, ancha vaqtingizni yo’qotasiz. Ikkinchidan, to’g’ri javobni topa olsangiz-ku, xo’p-xo’p, shuncha vaqt sarflab, hech narsaga erisha olmasangiz-chi?! Bu holda vaqt yo’qotishdan tashqari, ham asabiylashasiz, ham charchaysiz. Natijada keyingi oson savollar ham ko‘zingizga o’ta murakkab ko‘rina boshlaydi. Siz o‘yinni bilimingiz sababli emas, balki noto‘g‘ri taktikangiz sababli boy berasiz. Biz sizga o‘yinda har tomonlama g‘alaba qozonishingizni tilab, buguncha xayrlashamiz. Testdagi ruhiy holatlar haqida keyingi sonlarimizda yana suhbatlashamiz.


Раздел: Полезные советы | Просмотры: 1783 | Добавил: Admin | Теги: test, abituriyent | Рейтинг: 0.0/0
Jami izohlar soni: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Интересные факты
Не давайте в долг друзьям, лучше подарите им ту сумму. В будущем отдача будет больше.
Вход
Новые поступления
1VIA Marokand - Tarnov (Chak-chak,oychiq)  2820
2Shoxrux - Ajoyib Musiqa  1394
3Sarvar va Komil - Telbaman 1204
4Shohruhxon - Go'zalina 1314
5Shahlo Ahmedova - Ko'nglim Senda 1279
6Ummon - Qiynama Yuragimni 1172
7Bojalar - Ona  1063
8Shohruhxon - Majnun 1045
9Dilso'z - Onam 1070
10Lola - Sog'indim 1091
11Jamshid Abduazimov - Manoday (Remix) 1055
12Rayhon - Tabib  1025
13Shoxruz Abadiya - Telbaman 1046
14Munisa Rizayeva - Vaqt (Soundtrack) 1029
15Iroda Dilroz - Qoshing Qarosi 911
16Ummon - Meni Aldadi 834
17Dilso'z - Uylanasizmi Yo'qmi 829
18Munisa Rizayeva - Ammo Menmas 734
19Ummon - Soat 7da 701
20Shohruhxon - Ey Sabo 744
21Lola - Ovutay  683
22Umidaxon - Biyo-biyo 670
23Shahzoda ft. Shoxrux - Ket  773
24Ulug'bek Rahmatullayev - Qirmizi Olma 740
25Sitora Farmonova - Chamanda Gul 701
TOP-10
1VIA Marokand - Tarnov (Chak-ch...  2820
2Gulasal Abdullayeva-Qoldim  2594
3Muxlisbek Berdiyev-Chinni gull... 2530
4Farrux Xamraev - Madonna (Kim ... 1694
5Группа Сахро-Алергия на бывшую 1506
6Shoxrux - Ajoyib Musiqa  1394
7Shohruhxon - Go'zalina 1314
8Shahlo Ahmedova - Ko'nglim... 1279
9Sarvar va Komil - Telbaman 1204
10Ummon - Qiynama Yuragimni 1172
Поиск
www.UzStars.Ucoz.Net © 2026
Хостинг от uCoz