Yakshanba, 05.05.2024, 19:18
UzStars - Универсальный Портал
Приветствую Вас Гость | RSS

Реклама
Найти лучший обменник
news
Pitbull-I Know You (Remix) 
Sarvar & Komil [Benom] - Sensiz 
Opa - singil [Hikoya] 
2013 йилда бахтли бўлиш ва кўп даромад топиш иримлари 
Uz доменидан рўйхатдан ўтганлар 16 мингдан ошди 
Marsga sayohat uchun arizalar qabul qilinmoqda 
Aleksandr Pushkin. Yevgeniy Onegin (she'riy roman) 
Dunyo Fantastikalari 2012-2013 
Разделы
Новости
Узбекская музыка
Зарубежная музыка
Шоу-бизнес
Новости спорта
Тексты песен
Интересные факты
Биография звезд
Рейтинг
База книг
Проект кто вор
Для компьютера
Истории
Полезные советы
Это интересно
Онлайн клипы (tas-ix)
Прикольные фотографии
Учебно познавательное
Онлайн фильмы
Онлайн сериалы
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Апрель » 20 » Dunyodagi eng mashhur brendlar nomining ma’nosini bilasizmi?
17:04
Dunyodagi eng mashhur brendlar nomining ma’nosini bilasizmi?

 
Adobe

Mazkur nom Adobe Systems kompaniyasining  asoschisi Jon Vornok uyi yaqinidagi Edobi (Adobe Creek) soyidan vujudga kelgan

Adobe kompaniyasining bosh ofisi. Foto: bigcorp.ru

Adidas

Dunyodagi eng taniqli sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi bu brendga asoschi — Adi Dasler ismining qisqartma shakli berilgan

Apple

Stiv Jobs qo‘li ostidagi kompaniyaga uzoq muddatgacha munosib nom topilmadi. Bir kuni janob Stiv Agar kompaniyaga munosib nom topilmasa, uni Apple ("olma”) deb nomlashini aytdi (ayni o‘sha paytda u olma iste’mol qilayotgan edi). Barcha hodimlar buni hazil deb o‘ylashdi. Ish kunining so‘ngida esa Stiv Jobs qarori qat’iy ekanligini isbotladi. Keyinchalik kompaniya logotipiga ham aynan Stivning tishlangan olmasi tasviri qo‘yildi.


Apple kompaniyasi bosh ofisi. Manba: bigcorp.ru

Canon

Ushbu taniqli kompaniya nomi bag‘rikenglik xudosining (budda madaniyatida — Kwanon) ismidan olingan.

Daewoo

Kim Vu Chong o‘z kompaniyasini oddiygina Daewoo (koreys tilidan tarjima qilinganda "Ulkan borliq”) deb nomlashni ma’qul ko‘rgan.

Fujifilm

Mazkur marka Yaponiyadagi eng baland tog‘— Fudzi sharafiga qo‘yilgan.

Google

Bu so‘z kompaniyaning birinchi sarmoyadori chek qog‘ozida yozilgan va o‘z-o‘zidan shu nom kelib chiqqan. Aslida ingliz tilida yuzta noldan iborat raqam gugol deb ataladi. Kompaniya egalari gugol so‘zini eng yaxshi nom deb bilishgan. Ammo ro‘yhatdan o‘tayotgan vaqtda hatoga yo‘l qo‘yilib, "Gugl” (Google) deb yozishadi. Shundan beri, "gugol” o‘rniga "gugl” so‘zi qo‘llanib kelinadi.

Google kompaniyasining bosh ofisi. Foto: bigcorp.ru

HP

HP brendining nomlanishi kompaniyaning ikki asoschilari — Bill Hyulett (Hewlett) hamda Deyv Pakkard (Packard) ning familiyalari bosh harfidan kelib chiqqan.

HP kompaniyasi logotipi. Foto: bigcorp.ru

Hitachi

Bu yapon firmasining nomi "Yorug‘lik” deb tarjima qilinadi.

Hyundai

Mazkur nom koreys tilida "Zamonaviylik” degan ma’noni anglatadi.

Kodak

Kompaniya asoschisi — Jorj Istmen alifbodagi "K” harfini juda ham yoqtirganligi sababli shu nomni tanlagan. Kodak — bu suratga olish vaqtida chiqadigan tovush.

LG

Eng mashhur kompaniyaning noodatiy nomlanishi ikki mahalliy brend — "Lucky” (Omadli) va "GoldStar” (Oltin Yulduz) larning bosh harfidan olingan.


LG logotipi. Foto: whylgtv.lge.com

Motorola

Paul Gelvin o‘zining kompaniyasiga nomni  avtomobillar uchun radio o‘rnatilayotgan paytda  o‘ylab topgan. Sababi, u vaqtda deyarli barcha avtomobil qismlarining nomlanishi "ola” bilan yakun topardi.

Nokia

Kompaniya o‘z ishini daraxtni qayta ishlashdan boshlab, keyinchalik Finlyandiyaning Nokia shahrida rezina ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Shundan so‘ng, jarangdor Nokia nomi maydonga chiqdi.

Sanyo

Yapon tilidan bu so‘z "3 ummon” deya tarjima qilinadi.

Toyota

Yapon tilida bu so‘z 8 belgida ifodalanadi. Sakkiz esa Yaponiyada baxtli raqam sanaladi. Shuningdek, kompaniya asoschisi – Sakichi Toyodaning familiyasi ham brend nomiga o‘xshab ketadi.

Yahoo!

"Gulliverning sarguzashtlari” asari muallifi Jonatan Svift asarda yoqimsiz, jirkanch kishilarni "Yahoo” ("yahu”)” deb ta’kidlaydi. Yahoo! kompaniyasi asoschilari Jerri Yang va Devid Filo ham o‘zlarini shunday ataganlar va kompaniyaga ham shu nomni berganlar.


Yahoo! kompaniyasi bosh ofisi. Foto: bigcorp.ru

Siz o‘zimizning o‘zbek kompaniyalari nomi va ularning ma’nolarini  bilasizmi?


Manba: www.daryo.uz

Раздел: Интересные факты | Просмотры: 3712 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Jami izohlar soni: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Интересные факты
Компания Google оценивается более чем 250 млрд. долларов.
Вход
Новые поступления
1VIA Marokand - Tarnov (Chak-chak,oychiq)  2608
2Shoxrux - Ajoyib Musiqa  1260
3Sarvar va Komil - Telbaman 1045
4Shohruhxon - Go'zalina 1130
5Shahlo Ahmedova - Ko'nglim Senda 1073
6Ummon - Qiynama Yuragimni 993
7Bojalar - Ona  909
8Shohruhxon - Majnun 912
9Dilso'z - Onam 928
10Lola - Sog'indim 933
11Jamshid Abduazimov - Manoday (Remix) 895
12Rayhon - Tabib  897
13Shoxruz Abadiya - Telbaman 884
14Munisa Rizayeva - Vaqt (Soundtrack) 840
15Iroda Dilroz - Qoshing Qarosi 710
16Ummon - Meni Aldadi 725
17Dilso'z - Uylanasizmi Yo'qmi 720
18Munisa Rizayeva - Ammo Menmas 612
19Ummon - Soat 7da 589
20Shohruhxon - Ey Sabo 626
21Lola - Ovutay  551
22Umidaxon - Biyo-biyo 549
23Shahzoda ft. Shoxrux - Ket  642
24Ulug'bek Rahmatullayev - Qirmizi Olma 599
25Sitora Farmonova - Chamanda Gul 590
TOP-10
1VIA Marokand - Tarnov (Chak-ch...  2608
2Gulasal Abdullayeva-Qoldim  2474
3Muxlisbek Berdiyev-Chinni gull... 2377
4Farrux Xamraev - Madonna (Kim ... 1597
5Группа Сахро-Алергия на бывшую 1387
6Shoxrux - Ajoyib Musiqa  1260
7Shohruhxon - Go'zalina 1130
8Shahlo Ahmedova - Ko'nglim... 1073
9Sarvar va Komil - Telbaman 1045
10Shaxboz Soliyev ft Omonjon-Mon... 1002
Поиск
www.UzStars.Ucoz.Net © 2024
Хостинг от uCoz