MUBORAK JUMA, 26.04.2024, 05:13
UzStars - Универсальный Портал
Приветствую Вас Гость | RSS

Реклама
Найти лучший обменник
news
От эшик қулфини ўзи очмоқда (видео) 
Sherali Jo'rayev-18 da edim 
Хитой дунёдаги энг баланд бинони 90 кунда қурмоқчи 
Ҳиндистонда "тимсоҳ" йўловчи ташимоқда (видео) 
Pitbull-Echa Palla 
Дэвид Ония Ўзбекистон фуқаролигини олмоқчи 
Глобал исиш олмаларнинг таъмидан сезила бошланди 
Ummon-Sog'indim asalim (XIT) 
Разделы
Новости
Узбекская музыка
Зарубежная музыка
Шоу-бизнес
Новости спорта
Тексты песен
Интересные факты
Биография звезд
Рейтинг
База книг
Проект кто вор
Для компьютера
Истории
Полезные советы
Это интересно
Онлайн клипы (tas-ix)
Прикольные фотографии
Учебно познавательное
Онлайн фильмы
Онлайн сериалы
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Июль » 12 » Bu yilgi davlat imtihonlariga qanday o‘zgartirishlar kiritildi?
02:41
Bu yilgi davlat imtihonlariga qanday o‘zgartirishlar kiritildi?

Davlat test markazi direktori Bahrom Ismoilov "Xalq so‘zi” gazetasiga oliy o‘quv yurtlariga test sinovlarining joriy yilgi o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirib berdi. Gazetaning 9-iyuldagi sonida chop etilgan maqolani keltiramiz.

- Har yili arizalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatiladi. Bu yilgi natijalar bundan mustasno emasmi?

- Yildan-yilga oliy ma’lumotga ega bo‘lishni istagan yoshlar safi ortib bormoqda. Birgina o‘tgan yili 432 ming abituriyent test sinovlari topshirgan bo‘lsa, har bitta o‘ringa 8 ta nomzod to‘g‘ri kelgan edi. Bu mustaqillik davridan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir! Bu yilgi abituriyentlar soni esa 10 foizga ortishi kutilmoqda.

- Test sinovlari jarayoniga o‘zgartirishlar kiritildimi?

- Bu yilgi test sinovlari jarayoniga katta o‘zgartirishlar kiritilmagan. Odatdagidek, abituriyentlarga uchta fan bo‘yicha 108 ta test 4 ta javob bilan taqdim etiladi. Ulardan faqat bitta, to‘g‘risini tanlash kerak.

Biroq, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ayrim yo‘nalishlariga imtihon topshiruvchilar 3 ta fan bo‘yicha emas, balki 4 ta fan bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar. Ammo testlarning soni o‘zgarmagan. Matematika fanidan – 36 ta, fizikadan – 36 ta, shuningdek 18 ta (avvalgidek 36 ta emas) ona tili va adabiyoti hamda 18 ta ingliz tilidan test topshiradilar. Bu respublika ta’lim muassasalarida ingliz tili o‘zlashtirishni takomillashtirish va shuning asosida yosh avlod jahon sivilizatsiya xazinasi, xalqaro axborot resurslari bilan hamnafas bo‘lishi uchun qilindi.

Shuningdek, endilikda huquqshunos mutaxassislarni faqatgina Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Qoraqalpoq davlat universiteti tayyorlaydi. Yuqorida qayd etilgan qaror bilan bog‘liq yana bir yangilik: OTM bakalavriatiga umuta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari uchun chet tillari pedagoglariga o‘ta muhtoj qishloq aholi punktlaridan kelgan abituriyentlar maqsadli ravishda qabul qilinadilar.

- Ular test sinovlarisiz qabul qilinadimi?

- Ular test topshiradi, lekin qabul umumiy kvotasi chegarasidan kam ball to‘plasalar ham, talabalar safiga qabul qilinadi.

- Qaysi mutaxassisliklarga hozirda talab katta va qiziqish baland? Qaysi yo‘nalishda raqobat kuchli bo‘lishi kutilmoqda?

- Abituriyentlar orasida qaysi yo‘nalish katta qiziqish uyg‘otgani haqida hujjatlar qabuli tugaganidan so‘ng gapirish mumkin. Arizalarning deyarli yarmi so‘nggi 4-5 kunda kelib tushishini aytish o‘rinli. Ko‘pchilik qabul tanlovini sinchkovlik bilan kuzatadi hamda qabul komissiyasi yopilishiga 4-5 kun qolganida hujjatlarini topshiradi.

Biroq, aytish joizki, ommabop hisoblangan yo‘nalishlarni – tibbiyot, yurisprudensiya va pedagogika – boshqa yo‘nalishlarni ortda qoldirmoqda. Misol uchun, o‘tgan yili sotsiologiya va psixologiya yo‘nalishiga eng ko‘p hujjatlar kelib tushgan. Bitta o‘ringa 17 tadan ko‘proq abituriyent to‘g‘ri keldi. Ikkinchi o‘rinni atrof-muhitni muhofaza qilish mutaxassisliklari egalladi – bitta o‘ringa 11 tadan ko‘p ariza kelib tushgan. Yurisprudentsiya yo‘nalishi esa ro‘yxatda uchinchi bo‘ldi. Yurisprudentsiyadan keyin tabiiy fanlar, tibbiyot va pedagogika o‘rin oldi. OTMlari o‘rtasida so‘nggi ikki yilda Termiz davlat universiteti arizalar soni bo‘yicha etakchilik qilmoqda. O‘tgan yili mazkur ta’lim muassasasiga 13 mingdan ortiq abituriyent o‘z hujjatlarini topshirdi. Shuningdek, Qarshi, Guliston, Samarqand davlat universitetilariga ham ko‘plab abituriyentlar o‘z hujjatlarini topshirgan.

- Joriy yilda qanday yangi ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari ochildi?

- Bakalavriat ta’limi yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi har yili ko‘rib chiqilib, yangilanib turiladi hamda ular zamon va bozor iqtisodiyoti talablariga to‘la javob beradi. Abituriyentlar bu haqda yanada to‘liq ma’lumotga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi saytida ega bo‘lishlari mumkin. Lekin shuni ta’kidlamoqchi edimki, joriy yilda bakalavr ta’limi bo‘yicha professional ta’lim, ya’ni jihozlar barposi, elektronika, elektrotexnika, shahar qurilishi va sanoati, telekommunikatsiya sohalarida kollej pedagoglarini tayyorlash bilan bog‘liq ko‘plab yangi yo‘nalishlar ochildi. Shuningdek, kadrlar menejmenti, neftgaz sanoati texnologiyasi, texnologik jarayonlar boshqaruvining axborot-kommunikatsiya tizimlari, kompyuter va dasturiy injiniring, telekommunikatsiya texnologiyalari kabi yangi yo‘nalishlar ham abituriyentlarda qiziqish uyg‘otadi, deb umid qilaman. Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin.

- Belgilangan abituriyentlar uchun OTMga kirish imtiyozlari saqlanib qolganmi?

- Avvalgi yillarda bo‘lgani kabi, respublika va xalqaro fan olimpiada, tanlov va sport musobaqalari g‘oliblari test sinovlarisiz talaba bo‘ladilar. Ammo ko‘pchilik g‘olib bo‘lgan ijodiy yoki sport tanlovi yo‘nalishini unutib qo‘yadi. Respublika olimpiada g‘oliblariga imtiyoz faqat bir yilga, xalqaro badiiy-ijodiy tanlovlar, Olimpiya o‘yinlari, jahon va qit’a chempionati g‘oliblariga imtiyoz uch yilga beriladi. Harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlar imtiyoziga kelsak, ularga beriladigan imtiyozlar kengaytirilgan. OTMlariga kirish imtihonlarida barcha yo‘nalish va mutaxassislik bo‘yicha ular eng ko‘r ballning 27 foizi miqdorida imtiyozga egalar. Demak, ular to‘plagan ballga yana 61,2 ball qo‘shib beriladi. Harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlar imtiyozi uch yilgacha kuchga ega.

- Test jarayoni qay tarzda o‘tadi, ularga o‘zgartirishlar kiritildimi?

- Uzoq yillar davomida, bir tomondan, yoshlarning bilimini aniqlab berishga qaratilgan sharoit yaratish, ikkinchi tomondan, haqqoniy yakun chiqarishni ta’minlab berish bilan bog‘liq test sinovlarining aniq tartibi o‘rnatildi. Test sinovlari boshlanishiga yarim soat qolganda yigit va qizlar auditoriyaga, o‘zlari bilan faqat pasport va abituriyent ruxsatnomasi bo‘lgan holda kiradilar. Mana ikki yildan beri test jarayonlarida shpargalka yoki uyali telefonlarni nafaqat ishlatish, balki olib kelish ham abituriyentni test jarayonlariga kiritmaslikka asos bo‘la oladigan qoida amal qilmoqda. Test sinovlari topshiruvchilariga savolnoma tipografik xatolarga ega emasligini tekshirib chiqish uchun 30 daqiqa beriladi. Savollarga javob berish uchun 3 soat, so‘ngra maxsus blankda javoblarni belgilash uchun 20 daqiqa ajratiladi.

Test jarayonlarida o‘ta qattiq qoidalar amal qiladi – boshqa abituriyentlar yoki nazoratchi va auditoriya rahbari bilan suhbatlashish taqiqlanadi, auditoriyani test davomida tark etish man etiladi, faqatgina ayrim hollarda, masalan, sog‘lig‘i yomonlashgan hollari, bundan mustasno.

- Abituriyent o‘zi bilan birga test jarayoniga ruchka yoki ichimlik suvi olib kelishi mumkinmi?

- Aslo mumkin emas. Ruchka ham, masalalar yechish uchun qo‘shimcha toza varaq ham, hattoki ichimlik suvi ham bevosita auditoriyada beriladi.

- Mobil aloqa operatorlariga test sinovlari kuni aloqani bir necha soatga o‘chirib qo‘yishni iltimos qilib murojaat qilsa bo‘lmaydimi?

- O‘ylashimcha, bu imtihon kuni mobil aloqaning ko‘psonli mijozlariga ko‘plab noqulayliklarni olib kelishi mumkin, bu ular hamda operatorlarga nisbatan ham adolatsizlik bo‘ladi.

- Tanlovdan o‘ta olmagan, lekin savollarga to‘g‘ri javob berdim deb hisoblaydigan abituriyentlar nima qiladi?

- Buning yo‘li juda oddiy – Davlat test markaziga appelyatsiya beradi. Abituriyentning bunday huquqi bir oy muddatda amal qiladi. O‘tgan yili to‘rt mingta appelyatsiya kelib tushdi. Ular abituriyent, uning ota-onasi hamda ekspertlar guvohligida sinchkovlik bilan tekshirib chiqildi. Sakkizta appelyatsiya arizalari qoniqtirildi.

- Bahrom Maxmudovich, bir necha kundan so‘ng test topshiradigan yigit va qizlarga tilaklaringiz?

- Keling o‘zimdan misol keltirsam. Ko‘p yillar burun men ham bir o‘ringa raqobat kuchli bo‘lgan oliygohga imtihon topshirgan edim. Imtihonga kechayu kunduz tayyorlanganman, hayajonim baland edi. Talaba bo‘lganimda o‘zimni eng baxtli inson hisoblaganman. To‘g‘ri tanlov qabul qilish, o‘z imkoniyatlarini bila olish, ota-ona va do‘stlar bilan maslahatlashish ham muhim. Eng munosib, bilimli va omadli yigit-qizlar "abituriyent” nomini "talaba” nomiga o‘zgartirishlariga shak-shubha qilmayman.

Manba: Дарё

Раздел: Полезные советы | Просмотры: 1746 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Jami izohlar soni: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Интересные факты
Змея может спать в течение 3 лет
Вход
Новые поступления
1VIA Marokand - Tarnov (Chak-chak,oychiq)  2608
2Shoxrux - Ajoyib Musiqa  1260
3Sarvar va Komil - Telbaman 1043
4Shohruhxon - Go'zalina 1130
5Shahlo Ahmedova - Ko'nglim Senda 1072
6Ummon - Qiynama Yuragimni 993
7Bojalar - Ona  909
8Shohruhxon - Majnun 912
9Dilso'z - Onam 928
10Lola - Sog'indim 932
11Jamshid Abduazimov - Manoday (Remix) 895
12Rayhon - Tabib  897
13Shoxruz Abadiya - Telbaman 883
14Munisa Rizayeva - Vaqt (Soundtrack) 839
15Iroda Dilroz - Qoshing Qarosi 710
16Ummon - Meni Aldadi 724
17Dilso'z - Uylanasizmi Yo'qmi 719
18Munisa Rizayeva - Ammo Menmas 612
19Ummon - Soat 7da 587
20Shohruhxon - Ey Sabo 626
21Lola - Ovutay  551
22Umidaxon - Biyo-biyo 549
23Shahzoda ft. Shoxrux - Ket  641
24Ulug'bek Rahmatullayev - Qirmizi Olma 599
25Sitora Farmonova - Chamanda Gul 586
TOP-10
1VIA Marokand - Tarnov (Chak-ch...  2608
2Gulasal Abdullayeva-Qoldim  2473
3Muxlisbek Berdiyev-Chinni gull... 2377
4Farrux Xamraev - Madonna (Kim ... 1596
5Группа Сахро-Алергия на бывшую 1387
6Shoxrux - Ajoyib Musiqa  1260
7Shohruhxon - Go'zalina 1130
8Shahlo Ahmedova - Ko'nglim... 1072
9Sarvar va Komil - Telbaman 1043
10Shaxboz Soliyev ft Omonjon-Mon... 1001
Поиск
www.UzStars.Ucoz.Net © 2024
Хостинг от uCoz