Rasmiy bo‘lmagan ma’lumotlarga ko‘ra, GM Uzbekistan YoAJ QK O‘zbekiston ichki bozoridagi avtomobillar narxini 7,4% dan 28,1% gacha oshirdi. Bu haqda uz24.uz xabar berdi. uz24.uz "Mobil muxbir” rukniga kelib tushgan prays-list nusxasiga ko‘ra, Matiz avtomobilining chakana narxi 28,1% ga, Neksiya 26,4%, Spark 16%, Lacetti 22,6%, Captiva 7,5%, Cobalt 7,4%, Malibu esa 12% ga oshgan.
Damas avtomobilining yangi narxi jamlanganiga (komplektatsiya) qarab, 25 050 000 so‘mdan 26 783 000 so‘mgacha bo‘lsa, Matiz endi 21 823 000 dan 22 490 000 so‘mgacha narxda sotiladi.
Spark avtomobili 27 937 000 dan 32 598 000 so‘mgacha turadi. Captiva 93 001 000 so‘m, Nexia 26 218 000 so‘mdan 35 758 000 so‘mgacha. Foto: wardsauto.com dan olindi. Manba: Дарё.уз
|