Shanba, 18.01.2025, 01:31
UzStars - Универсальный Портал
Приветствую Вас Гость | RSS

Реклама
Найти лучший обменник
news
Тошкентда миллиардер Алишер Усмоновнинг жияни ҳалокатга учради 
Navro'z Sobirov - Yor Yor {Real Hayotiy Voqeadan Klip} 
Ўзбекистонда тўртта янги лавозим жорий қилинди 
O‘zbekistonda uMail.uz milliy elektron pochtasi ish boshladi 
Автотураргоҳдаги ҳангома ёхуд машина бошқаришни ўрганамиз (видео) 
Ozodbek Nazarbekov & Shohruhxon-Jim jit ko'chalar (XIT) 
«Якс» савдо белгиси остида кир ювиш кукунлари савдога чиқарилади 
Шакиранинг она бўлгани ёлғон экан 
Разделы
Новости
Узбекская музыка
Зарубежная музыка
Шоу-бизнес
Новости спорта
Тексты песен
Интересные факты
Биография звезд
Рейтинг
База книг
Проект кто вор
Для компьютера
Истории
Полезные советы
Это интересно
Онлайн клипы (tas-ix)
Прикольные фотографии
Учебно познавательное
Онлайн фильмы
Онлайн сериалы
Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Главная » 2013 » Апрель » 25 » Muhabbat oliy tuygu qadriga yeting uni
23:19
Muhabbat oliy tuygu qadriga yeting uni

Kimdir oshkor tan oladi,
 Tahsin o`qir shukrona.
 Kimdir seni sir tutadi
 O`tda yonar pinhona.
 Kimlarga sen kulib boqding
 Tepkilaydi mastona.
 Kimlar uchun osmondasan
 Sig`inadi devona.
 Anglolmadik to abad,
 Anglolmaymiz to abad.
 Xom sut emgan bandamiz,
 O`zing kechir, MUHABBAT!!!

 Darhaqiqat, kimlarnidir tahsin o`qishga, kimnidir pinhona o`tda yonishga, yana ba`zilarni sig`inishga majbur qilgan sehrli kuch-MUHABBATdan kechirim so`rashdan avval keling uni anglashga, uning quvonchu armonlarga to`la ko`chalariga nazar solib ko`rishga harakat qilamiz.
 Menimcha, MUHABBAT-bu hayotni yangicha, o`zgacha talqin etishga yordam beribgina qolmay, balki majbur qiladigan ilohiy tuyg`udir. Hayotning bu ko`rinishdagi talqini esa orzu-umidlarni, baxtni, quvonchu shodlikni, visolning shirin onlarinigina emas, shu bilan birga ayriliqning achchiq damlariyu hijronning o`tli azoblarini totib ko`rishga muyassar etadi.
 MUHABBAT shunday ilohiy baxtki, u faqatgina Allohning suygan bandalariga inom etiladi. Sevgi goh shirin, goh achchiq, Goh orzu umidlardan, baxtdan, yuraging yorilguday quvonchdan yayratadi. Goh sog`inch azoblarining alamidan, rashkdan boshingni qayga urishni bilolmay garang bo`lasan. Sevgi shunday tuyg`uki hatto azoblari ham lazzatli shirin tuyuladi haqiqiy oshiq uchun!!! Ko`pincha qo`lga qalam tutishga majbur qiladigan narsa MUHABBAT emas, balki MUHABBAT armoni bo`lsa kerak deb uylayman. Chunki oshiqlar birga ekan, ularning barcha quvonchu hasratlari ham o`rtada baham ko`riladi. Ammo MUHABBAT armonga aylanib, ishq bog`ida bulbulnng dardin tinglaguvchi atirgulidan, xa, yagona atirgulidan ayirsalar bormi, u endi hatto chaman-chaman gullar ochilgan gulzorda ham yolg`iz qolar, endi uning yagona guli o`rnini hech bir boshqasi egallay olmaydi. Inson ham xuddi
 shunday. Sen uni unutmoqchi bo`lasanu, lekin u haqdagi xayollaru shirin-shirin xotiralar bunga yo`l qo`ymaydi. Qadrini yo`qotmaslik maqsadida dengiz ostidagi marvariddek yuraging tubida mahkam asraganing-beizhor yoki allaqachon izhor etilgan MUHABBATing endi hijronu armonning mungli dardlarini ham noilojgina o`z bag`riga joylaydi. endi xayollar qayda ekani ham senga qorong`u. Senga faqat ishq qalblari o`zra shirin xotiralaru, tim qaro ko`zlarga termulishga ulgurolmagan o`tkir
 nigohlar qoldi xolos. endi sen yuragingga sig`may toshib ketayotgan dardlaringni kimga aytishga ham xayron bo`lasanu, birgina qog`ozu qalam senga hamroxligini tushunib etgan chog`ing o`tli satrlar bitishga kirishasan. Zora darding shu satrlarga ko`chib engil tortsa:

 Endi sizga etmas qo`lim,
 Ketdingiz siz mendan o`zoq.
 Peshona deb qoldim netay,
 Taqdir bizni etdi yiroq.
 Qorong`udir qayda xayol,
 Yo`ldosh bo`ldi menga firoq.
 Utar kunim hijronlarda
 Sizsiz endi yashay qandoq?
 Nechun bizni ayirdilar
 Yo`llarimiz endi so`qmoq.
 Nahot endi armon bo`lsa
 Sizga to`yib-to`yib boqmoq.
 Endi sizga etmas qo`lim,
 Taqdir bizni etdi yiroq.
 Endi o`zga choram yo`qdir
 Ishim-sizga baxt tilamoq.

 endi sen faqatgina BAXT tilaysan unga, uzun bedor tunlar o`zra oyga termulib. Oyga termulasanu, beixtiyor oy senga sevgiling nigohlari ham unga termulib turganligini shivirlayotganday bo`ladi. Shunda u bilan dardlashging, yuragingni unga to`kib solging keladiyu, afsuski endi buning iloji yo`q. endi u o`zga bir insonning yurak dardlarini tinglayotgandir, balkim. Ko`zing osmon o`zra armonlar zarbidan har yoqqa sochilib, sening kabi unsizgina ngrab, xiralashib borayotgan yulduzlardayu, qalbing esa davosi yo`q yurak dardiga darmon axtaradi, armonli qo`shiqlardan. Lekin endi sadolari ostida uni o`ylaydigan qo`shiqlarni eshitsang yuraklaring orqaga tortib ketadi. Avvallari sen uni shirin xayollar og`ushida o`ylasang, endi esa qalbingning qaysidir bir chekkasida alam bilan xotirlaysan. Bazilar baxtli bo`lish uchun birga bo`lish shart emas deb o`ylaydilar. Ammo, menimcha, qachonki sevgiling bilan birga bo`lsanggina baxtli bo`lishing mumkin. Usiz baxting kemtik bo`lib qoladi. Hatto eng baxtli kuningda ham yuragingning bir chetida uchmaygina qalbing o`zra shirin xotiralarning achchiq azobi girdobida nido o`rayotgan o`sha bevafo yodi yuragingni tirnab utadi. Endi senga birgina narsa taskin berishi mumkin, u ham bo`lsa, uning baxtli, sog`-salomat, omon ekanligi. Bora-bora bu taskinlar sening unga bo`lgan tilaklaringga aylanadi :

 Mayli, yod etmagin meni bir bora,
 Sendan menga mayli kelmasin bir sas.
 Mayli, sen unutgin mening ismimni,
 Menga bu dunyoda omon bo`lsang bas.
 Boshing toshdan bo`lsin qayda bo`lsangda,
 Lek yurak toshligi tilagim emas.
 Mayli senga aziz bo`lsin boshqalar,
 Sen mening qalbimda aziz bo`lsang bas.
 Bilmam senga etmoq bo`larmi nasib,
 Balki sen bo`larsan armon yo havas.
 Agarda orzuing ushalsa mensiz,
 Menga armonliging unutmasang bas.

 MUHABBAT -ilohiy tuyg`u ekanligini bilsamda, u haqda qalam tebratishga haqli yoki haqsiz ekanligimni bilmagan holda, MUHABBAT yurtiga mezbon emas mehmongina bo`lgan bir inson qalbidagi so`zlarni tinglash siz azizlar uchun zerikarli yoki aksincha kechganligi sirligi ostida MUHABBAT haqida shaxsiy fikrimning intihosida keltirishni joiz topganim - eng sevimli she`rim ohangida sizlarnng e`tiboringizga va sabringizga tashakkurlik izhor etgan chog`im bu dunyodagi barcha sevgan va sevilgan qalblarga baxt va sadoqat qolaversa armonsiz MUHABBAT tilab qolaman.

 Men sizni sevardim, sevgim, ehtimol,
 Qalbimda butunlay so`nmagan hali.
 Sevgim endi sizga kelmasin malol
 Haddim yo`qdir sizni xafa qilgali.
 Goho chuchib, goho rashk qilib men
 Sevar edim so`zsiz, umidsiz.
 Har kishi sevsa ham, men kabi sevsin,
 Chin yurakdan samimiy, cheksiz.
 Qurib qoldi ko`zda yoshim,
 Yurak to`lsa yig`lolmayman.
 Hijronga etmas bardoshim,
 Shodlikka dil bog`lolmayman.
 Qafasdagi qushcha misol,
 Yoningga hech borolmayman
 Suvdek oqib ketdi visol,
 Tushimda ham ko`rolmayman.
 Olis yulduz bo`lding ko`kda,
 Yakin turib etolmayman.
 Dardimni tangrimdan o`zga,
 Hech kimsaga aytolmayman.
 ey bevafo, bu qilmishing,
 Ne deb atay bilolmayman.
 Hushim yo`qdir baxt tilashga,
 Baxtsizlik ham tilolmayman.
 MUHABBATdan kechib ketding,
 Men-chi bunday etolmayman.
 Bir umrga armon bo`lgan
 MUHABBATdan ketolmayman.
 Ko`ngil yig`layotir yomg`irdek ezib,
 Yurakdan tukilar dardlarim sizib,
 Halovatning sokin uylarin bo`zib,
 Ketgim kelar lekin bilmam qayoqqa!!!
 Xayol bo`lib hayotingdan ketmadim jonim,
 Quyosh bo`lib ko`zlaringga botmadim jonim,
 Hajring bilan zafarondir oy yuzim,
 Bu dunyoda sendan o`zgani topmadim.

Раздел: Истории | Просмотры: 1500 | Добавил: Administrator | Рейтинг: 5.0/1
Jami izohlar soni: 0
Имя *:
Email *:
Код *:

Интересные факты
Употребление матерных слов способствует выработке в организме гормонов счастья — эндорфинов, которые действуют на организм как болеутоляющее.
Вход
Новые поступления
1VIA Marokand - Tarnov (Chak-chak,oychiq)  2677
2Shoxrux - Ajoyib Musiqa  1318
3Sarvar va Komil - Telbaman 1099
4Shohruhxon - Go'zalina 1183
5Shahlo Ahmedova - Ko'nglim Senda 1132
6Ummon - Qiynama Yuragimni 1049
7Bojalar - Ona  963
8Shohruhxon - Majnun 951
9Dilso'z - Onam 975
10Lola - Sog'indim 981
11Jamshid Abduazimov - Manoday (Remix) 939
12Rayhon - Tabib  942
13Shoxruz Abadiya - Telbaman 935
14Munisa Rizayeva - Vaqt (Soundtrack) 895
15Iroda Dilroz - Qoshing Qarosi 761
16Ummon - Meni Aldadi 760
17Dilso'z - Uylanasizmi Yo'qmi 765
18Munisa Rizayeva - Ammo Menmas 648
19Ummon - Soat 7da 623
20Shohruhxon - Ey Sabo 664
21Lola - Ovutay  592
22Umidaxon - Biyo-biyo 588
23Shahzoda ft. Shoxrux - Ket  680
24Ulug'bek Rahmatullayev - Qirmizi Olma 640
25Sitora Farmonova - Chamanda Gul 619
TOP-10
1VIA Marokand - Tarnov (Chak-ch...  2677
2Gulasal Abdullayeva-Qoldim  2518
3Muxlisbek Berdiyev-Chinni gull... 2410
4Farrux Xamraev - Madonna (Kim ... 1628
5Группа Сахро-Алергия на бывшую 1414
6Shoxrux - Ajoyib Musiqa  1318
7Shohruhxon - Go'zalina 1183
8Shahlo Ahmedova - Ko'nglim... 1132
9Sarvar va Komil - Telbaman 1099
10Ummon - Qiynama Yuragimni 1049
Поиск
www.UzStars.Ucoz.Net © 2025
Хостинг от uCoz